7 onlayn
UZ RU EN

Oila ilmi

26.10.2026 13:28 26 marta ko'rildi

Oila ilmi
Oila — jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini, inson hayotidagi eng aziz va muqaddas maskandir. Oila ilmi esa oilani to‘g‘ri tashkil etish, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, farzandlarni tarbiyalash va oilada tinchlik hamda totuvlikni saqlashni o‘rgatadi.
Oilada inson mehr-oqibat, hurmat, sabr-toqat, halollik va mas’uliyat kabi fazilatlarni o‘rganadi. Ota-ona farzandlariga yaxshi tarbiya berishi, ularning bilimli, odobli va vatanparvar bo‘lib ulg‘ayishiga e’tibor qaratishi lozim. Farzandlar esa ota-onani hurmat qilishi, ularning mehnatini qadrlashi va oiladagi vazifalarini bajarishi kerak.
Bugun Qo'rg'ontepa tuman Axborot-kutubxona markazida Tursunoy Sodiqova xotirasiga bag'ishlangan " Oila ilmi" mavzusida suhbat tashkil etildi. Tadbirga tuman "Ustoz' MFY nuroniy va onaxon faollari tashrif buyurdilar. O'quvchilar Tursunoy Sodiqovaning oila ilmi haqidagi tavsiyalari bilan yaqindan tanishdilar.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?