27 onlayn
UZ RU EN

"Borimsan, borlig'imsan bolajon"

01.06.2026 10:15 60 marta ko'rildi

"Borimsan, borlig'imsan bolajon"
Bugun dunyoning eng beg‘ubor, eng samimiy va eng baxtga munosib insonlari — bolalar bayrami. Bolalar har bir oilaning quvonchi, jamiyatning ertangi kuni va yurtimizning porloq kelajagidir. Ularning sog‘lom, baxtli va bilimli bo‘lib voyaga yetishi barchamizning eng muhim vazifamizdir.

     Bugun Qo'rg'ontepa tumani Madaniyat va istirohat bog'ida bolajonlar uchun chinakam quvonchlar kuni bo'ldi desak adashmaymiz. Qo'rg'ontepa tuman AKM mutahassislari ham ushbu bayramda bolajonlarga quvonch ulashgan holda "Borimsan, borlig'imsan bolajon" mavzusida musiqali kecha  tashkil etdilar.
     Aziz bolajonlar! Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz quvonch, yorqin orzular va katta yutuqlar tilaymiz. Hayotingiz doimo mehr-muhabbat, kulgu va baxtga to‘la bo‘lsin. Beg‘ubor tabassumingiz hech qachon yuzingizdan arimasin, qalbingizdagi ezgu niyatlar esa albatta ro‘yobga chiqsin.

                                                                         

   

               

                                  

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?